2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Oddiy oq varoqqa qayta ulanish uchun 3.750.000 ming so‘m to‘lashimni aytib, dadamga oddiy qog‘ozchaga yozilgan hisob raqamni tashlab ketibdi…»
  • 25.06.2025
  • 6

Murojaat egasi: Maxkamov Dilmurod Ma’rifjon o‘g‘li, “Mahkam Fayz Niholi” fermer xo‘jaligi.

Elektron pochta: dmahkamov1991@umail.uz

Murojaat mazmuni: SHIKOYAT

Farg‘ona tumani «Shohimardonobod» MFYda “Mahkam Fayz Niholi” fermer xo‘jaligiga dadam Ergashev Ma’rifjon rahbarlik qilib kelmoqda. Fermer xo‘jalik yer maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bog‘dorchilikga ixtisoslashtirilgan. Yer maydoniga tutash hududda tik suv qudug‘i (nasos) bor. Tik suv qudug‘i mening — Dilmurod Maxkamov nomida.

20-iyun kuni o‘zini “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ Farg‘ona tuman xodimi A.A.Nishonov deb tanishtirgan shaxs kelib, menga tegishli tik suv qudug‘i elektr shitini muhrlab, ogohlantirish mazmunidagi hech qanday dalolatnoma tuzmasdan, oddiy oq varoqqa qayta ulanish uchun 3.750.000 ming so‘m to‘lashimni aytib, dadamga oddiy qog‘ozchaga yozilgan hisob raqamni tashlab ketibdi.

Men bugun A.A.Nishonov bilan telefon orqali gaplashganimda, hozir MChdan oylik olishini to‘lov qildirmasa, oylik ololmasligini, tarmoqqa ulanish uchun to‘lovni amalga oshirmasam, hamkasblari bilan kelib simyog‘ochdagi simlarini ham uzib olib ketishini aytib, telefonni jahl qilib qo‘yib qo‘ydi.

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ xodimi A.A.Nishonov o‘z manfaati — oylik olishini o‘ylab, qasddan bizga katta moddiy zarar keltirmoqda. Sababi hozir +41 daraja issiq bo‘layotgan paytda, bog‘dagi mevalar hosili to‘kilib nobud bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qarorining 12-bandida «Energiya resurslari yetkazib beruvchilar iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan ro‘yxatlari asosida iste’molchilarni qarzni besh kun muddatda to‘lash zarurligi to‘g‘risida yozma xabardor qiladi», deb qayd etilgan.

A.A.Nishonovni bilim darajasi juda pastligi uchun menga o‘xshagan juda ko‘p iste’molchilar aziyat chekib kelmoqda. Qanchadan-qancha yer maydonlaridagi ekinlar qurib, nobud bo‘lmoqda. Xodimning oylik olishi uchun iste’molchilar aybdor emas-ku!

Yuqoridagilardan kelib chiqib, noqonuniy ishlayotgan A.A.Nishonovga qonuniy chora ko‘rishingizni va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Maxkamov Dilmurod Ma’rifjon o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/38155

 “Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati