Bugun 25-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari ishtirokida Namangan davlat texnika universiteti “Energetika muhandisligi” kafedrasining bir qator bitiruvchi talabalari oʻzlarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar.
Jumladan, 60710500 – “Energetika (issiqlik energetikasi)” ta’lim yoʻnalishi bitiruvchisi Nuriddinov Kamoliddin Qahramon oʻgʻli “Quyosh batareyalarining samaradorligini oʻrganishda statistik modellashtirishni va oʻtkazuvchanlik yadqiqotining ahamiyati” mavzusida;
60710600 – Elektr energetikasi (Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) ta’lim yoʻnalishi talabasi Ergasheva Laylo Ruslan qizining “Fotoelementning oʻtkazuvchanlik tadqiqotida impedans spektroskopiya uslubidan foydalanishning avzalliklari” mavzusida;
60710600 – Elektr energetikasi (Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) ta’lim yoʻnalishi talabasi Allaberganov Murat Kerimboy oʻgʻlining “Termoelektrik zeebek effekti asosli haroratni oʻlchash asboblari” mavzusida;
60710600 – Elektr energetikasi (Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) ta’lim yoʻnalishi talabasi Qoʻchqorov Shohruhbek Abubakr oʻgʻlining “Quyosh foto elektr stansiyalaridagi stansiya qurish jarayonida mavjud maummolar” mavzusida;
60710600 – Elektr energetikasi (Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) ta’lim yoʻnalishi talabasi Ergashev Murodjon Azamboy oʻgʻlining “Yarimoʻtkazgich-dielektrik strukturalarga tashqi momillarini ta’siri” mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar.
Bitiruv himoya ishida komissiya a’zolari “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Mustaрkamlik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi guruhi rahbari Voxidjon Urozov, filialning Podstansiyalar xizmati muhandisi Rahmonali Fayzullayev va Namangan davlat texnika universiteti “Energetika muhandisligi” kafedra oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Komissiya a’zolari tomonidan bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mazulari boʻyicha taqdimotlarini tinglab munosib ravishda baholadilar va ularga oʻz kasbiy tajribalaridan kelib chiqib qoʻshimcha tavsiya va maslaxatlar berishdi.
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati
“NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALI