2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE:  30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilar o‘tkazilayotgan “Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi boshlandi
  • 27.06.2025
  • 48

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 27-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ katta majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

Unda Energetika sohasida, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” sanasi bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda, Davlatimiz rahbari boshchiligida, amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘idagi yangiliklar, shuningdek, barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi mehnat va karyera sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotganini alohida taʼkidladi.

Ayni paytda savol-javob jarayoni boshlandi

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati