Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 27-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ katta majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o’tdi.
“Rahbar va Yoshlar” uchrashuviga «Saodat» jurnali tahririyati ijodkorlari tashrif buyurishdi.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi «Saodat» jurnali tahririyati ijodkorlarini bugungi bayram sanasi, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan qizg’in tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.
✨ Tadbir so‘nggida Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida mehnat faoliyati olib borayotgan ilg‘or yosh muhandislar hamda elektr energetika yo‘nalishida oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Yoshlar ishlari agentligi vakillari Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovichga yoshlar siyosati yo’nalishida olib borayotgan samarali faoliyati hamda yosh muhandislar takliflarini qo’llab-quvvatlayotganini alohida e’tirof etib, Agentlik nomidan Tashakkurnoma e’lon qilishdii.
E’tiboringizga ushbu tadbirda suratga olingan lavhalarni havola etamiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati