⚡️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Sokin» va 110/35/6 kV kuchlanishli «2-A» podstansiyalarida joylashgan barcha elektr qurilmalar reja-jadval asosida RH va ESX muhandislari tomonidan teplovizor uskunasi orqali ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
❗️Mazkur tadbirlar podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar hamda boltli birikmalarda yuzaga kelayotgan harorat ko‘tarilishi — qizish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va avariyaviy o‘chishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ko‘rik jarayonida aniqlangan qizish holatlari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning nusxalari masʼul shaxslarga topshirildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, teplovizor ko‘riklari elektr tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, xizmat muddati davomida uskunalarning xavfsizligini oshirish va energetika tizimidagi nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot