Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 30-iyun kuni 110/6 kV kuchlanishli "M-3-2" podstansiyasida chaqnash sodir bo‘lgan edi. Chaqnash oqibatida elektr uskuna va qurilmalarida kelib chiqqan nosozlik hozirda to‘liq bartaraf etildi va bugun soat 8:56 vaqti bilan kuchlanish berildi.
Taʼmirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, mutaxassislar tomonidan nosoz holga kelgan transformator almashtirildi.
⚡️ Eslatib o‘tamiz, sodir bo'lgan holat iste'molchilar elektr taʼminotiga salbiy taʼsir ko'rsatmagan edi. Ayni paytda podstansiya barqaror faoliyat yuritmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI