2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 03.07.2025
  • 30

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:

1️⃣  500 kV kichlanishli "Lochin" podstansiyasiga xizmat ko'rsatish bo'yicha elektr montyor lavozimi, 1 nafar;  

2️⃣  Kapital qurilish bo'limiga qurilish nazorati bo'yicha muhandis lavozimi, 1 nafar;

3️⃣  Releli himoya va avtomatika xizmatiga apparaturalar, rele himoyasi va avtomatikani taʼmirlash bo'yicha elektr montyor lavozimi, (500 kV kuchlanishli "Lochin" podstansiyasiga) 1 nafar;

❗️ Ishga kirish yuzasidan murojaat qiladigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha: Оliy ma’lumotli,  mutaxassislik bo‘yicha diplomga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

4️⃣  Elektr energiyasi oqimlarini hisoblash guruhi muhandisi lavozimi (Marhamat uchastkasiga), 1 nafar.

❗️TALABLAR: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
                                                        
✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).

☎️  Murojaat uchun telefon: +998-74-224-49-91;

Elektron pochta: andijon@uzbekistonmet.uz

❇️  MANZIL: Andijon shahri, Gidroelektrstansiya ko‘chasi, 1-uy.

Mo‘ljal: “Akmal-farm” ishlab chiqarish bazasi.

 Onlayn rezyume

Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati