2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: 35 kV kuchlanishli “Amangeldi (Erimbetov)" havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 03.07.2025
  • 32

⚡️ Elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini oshirish, iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishni ta’minlash maqsadida 35 kV kuchlanishli “Amangeldi (Erimbetov)” elektr uzatish havo tarmog‘ida reja bilan tasdiqlangan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida tarmoqdagi eskirgan izolyatorlar yangilandi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilingan holda, texnik-muhandislik chora-tadbirlar bajarildi.

Ushbu elektr tarmog‘ida olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlari hududdagi iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining ishonchliligi va sifati sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

⇒ Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling ⇒  t.me/JizzaxMET_Axborot