Joriy yil 1-iyul kuni Ozarbayjonning “Azerenerji” OAJ, O‘zbekistonning “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Qozog‘istonning “KEGOC” AJ vakillari Bokuda faoliyat yuritadigan “Green Corridor Alliance” MCHJ qo‘shma korxonasini ta’sis etish va uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
Loyihaning amalga oshirilishi mamlakatlarimiz uchun energetik xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlarimiz va Yevropaga “yashil” energiya eksportini amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 13-noyabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP-29 xalqaro iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari Prezidentlari o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/16996
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati