Blekaut mamlakat poytaxti Praganing katta qismini qamrab oldi. Natijada metro harakati to‘liq to‘xtadi, shuningdek, tramvay va trolleybuslarning aksariyat yo‘nalishlari ham ishlamay qoldi. Yuzlab odamlar liftlarda qamalib qoldi, ko‘plab bankomatlar ishlashdan to‘xtadi. Blekaut Praga aeroportiga taʼsir ko‘rsatmadi.
Chexiyaning boshqa shaharlarida, jimladan, Mlada-Boleslav, Usti-nad-Labem va Grades-Kraloveda ham elektr taʼminotida uzilishlar qayd etildi. Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha nomaʼlum.
Chexiyadagi blekaut texnik sabablar tufayli yuzaga kelgan — Denik nashri
Chexiya Milliy terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi (NCTEKK) bayonotida "bu hodisa xakerlik yoki terrorchilik hujumi bilan bog‘liq ekani haqida hech qanday maʼlumot yo‘q", deya qayd etilgan.
Mamlakat politsiyasi vakillari elektr uzilishi ularning bir nechta xizmatlariga taʼsir qilganini, biroq bu umumiy faoliyatga halaqit bermaganini bildirdi.
Manba: https://t.me/burchakostida/62448
https://t.me/burchakostida/62452
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati