✅ Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Xorazm MET” filiali tomonidan 35/10 kV kuchlanishli «Dosov» podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:
❇️ Kuch transformatorlari va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
❇️ Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar va ajratgichlar soz holatga keltirildi;
❇️ Izolyatorlar tozalandi va zarur qismlar bo‘yaldi;
❇️ O‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari tekshirildi.
Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.
⇒ Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati