2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari Farg‘ona davlat texnika universiteti (FDTU) bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etdi
  • 08.07.2025
  • 32

Yaqinda Farg‘ona davlat texnika universitetining kunduzgi taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi (YaDA) imtihoni boʻlib oʻtdi. Imtihon komissiyasiga raislik qilish uchun “Fargʻona magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori Sh.Sh. Kamilov va Filial mutaxassislari taklif etildi. U ushbu masʼuliyatli vazifani halollik, professionallik va yuqori masʼuliyat bilan bajarib, bitiruvchilarning bilim darajasi va amaliy tayyorgarligiga yuqori baho berdildi.

Bitiruv imtihonida jami 11 nafar bitiruvchi o‘zining bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ularning ilmiy-texnik ishlari bugungi kunda energetika tizimining dolzarb muammolari, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, energiya tejamkorligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarga bagʻishlangan. Xususan, bir nafar bitiruvchi tomonidan tayyorlangan “220/110/10 kV kuchlanishli "Sokin" podstansiyasi 110 kV tomonidagi rejimlarni kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilish” mavzuidagi bitiruv ishi katta eʼtibor qozondi. Ushbu ish real ishlab chiqarish obyekti – "Sokin" podstansiyasi faoliyatini modellashtirish, tizim holatini optimallashtirish va xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha zamonaviy yechimlarni taklif etadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi (YaDA) imtihonida Filialning yuqori malakali mutaxassislari – Sh. Karimov, B. Karimov, A. Mamatqulovlar ishtirok etib, quyidagilarga erishildi: 

- Bitiruvchilarning bilim darajasi ishlab chiqarishning haqiqiy talablari asosida baholandi. 

- Talabalarga energetika sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar va amaliy yechimlar bilan tanishildi.

Tashqi ekspertlarning ishtiroki bitiruvchilar tayyorgarligi darajasini obyektiv baholash, amaliyot va nazariyaning uygʻunlashuvini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ushbu hamkorlik amaliy taʼlim, malakali kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuviga yorqin misoldir.

Farg‘ona davlat texnika universiteti va "Fargʻona magistral elektr tarmoqlari" filialining bu kabi o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan loyihalari respublikamiz energetika sohasida zamonaviy va raqobatbardosh muhandis-kadrlarni yetishtirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling https://t.me/FargonaMET_Axborot

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati