2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli «Ximiya» podstansiyasining X-17-220 kV yacheykasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 08.07.2025
  • 22

✅ Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli «Ximiya»podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

❇️ Tok transformatorlarida sinov va o’lchov ishlari o’tkazildi hamda ikkilamchi cho’lg’amdagi kabellari yangisiga almashtirildi, ya’ni demontaj ishlari bajarilib, tok transformatorlariga ulangan qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

❇️  Yuqori kuchlanishli tok transformatorining  ajratgichlari yangisiga almashtirildi;

❇️ O‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari sozligi tekshirildi.

Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali

 t.me/Navoiy MET_Axborot