«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan ayni kunlarda Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli L-521, L-510 hamda 220 kV kuchlanishli L-20 Д, L-20 G-2 yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, filialga qarashli yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida profilaktik kuzatuv va texnik holatni nazorat qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.
⚡️ Soha mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli liniyalarda nazorat ko‘rigidan keyingi joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ko‘rigi hamda liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Xususan, mutaxassislarimiz yuqori kuchlanishli elektr uzatish ustunlariga chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida qushlar qo‘nishiga qarshi maxsus moslamalarni o‘rnatmoqda. Bu moslamalar yirik qushlarning simyog‘ochlarga qo‘nishini cheklab, qisqa tutashuv sodir bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Shu bilan birga, chaqmoqqaytargich troslarning texnik holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, ularning sozligi tekshirilmoqda. Kontur yerlagichlarning soz holati ham alohida e’tibor bilan o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonlarda elektr montyorlarimiz o‘zlarining balandlikda ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarliklari va tajribalari bilan ajralib turmoqda. Ular xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, yuqori harorat sharoitida ham elektr taminoti ishonchliligini ta’minlash yo‘lida mashaqqatli mehnatni davom ettirmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot