2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: 110 kV kuchlanishli L-7-F-1 va L-7-F-2 elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya ishlari davom etmoqda
  • 08.07.2025
  • 15

✈️ 2023-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-363-sonli “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilingan edi.

✈️ Mazkur hujjat asosida 2025-yil davomida 110 kV kuchlanishli L-7-F-1 va L-7-F-2 elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Loyihaning asosiy maqsadi — elektr uzatish tizimini ishonchli, samarali va zamonaviy texnik talablarga mos holga keltirishdan iborat. Hozirgi kunda loyiha doirasidagi tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Jumladan, eski va xizmat muddati o‘tgan simlarning demontaj qilish ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Bu jarayonlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot