2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyada rejaga asosan joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
  • 08.07.2025
  • 20

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik reja hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyasi Qamchiq davonida joylashgan boʻlib, davondagi muhim iste’molchilarning elektr ta’minoti shu podstansiya orqali ta’minlanadi.

Podstansiyada har biri 2500 MWt quvvatga ega 2 tranformator mavjud boʻlib, 2 ta 35 kV kuchlanishli havo tarmog‘i kelib, 3 ta 6 kV kuchlanishli havo tarmog‘i chiqib ketadi.

 

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

"NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo’ling! ⇒ https://t.me/NamanganMET_Axborot