O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ balansidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansiga qabul qilingan “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/6 kV kuchlanishli “Sherbuloq” podstansiyasida Filial bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik reja hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚙️ Ta’mirlash ishlari podstansiyaning quvvati 10000 KVA boʻlgan T-1 transformatorida olib borilmoqda. Bu vaqtida podstansiyaga ulangan tarmoqlarda uzlishlar sodir boʻlmaydi.
Ma’lumot oʻrnida: ushbu podstansiya 1992-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy quvvati 26000 KVA boʻlgan 2 transformatorlar oʻrnatilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo’ling! ⇒ https://t.me/NamanganMET_Axborot