Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston MET" AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug'iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablariga binoan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiya xizmati mutaxassislari energetika obyektlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Misol uchun, Chirchiq shahar, Angren shahar hamda Parkent tumanlarda joylashgan obyektlar 110 kV kuchlanishli "25" podstansiyasi hududini tozalash ishlari, Chirchiq shahridagi 110/6 kuchlanishli "8-Tuman" podstansiya yachekasi ta’mirga chiqarildi, 35/6 kV kuchlanishli "Angren" podstansiyasi ning ochiq taqsimlash qurilmasi 35 kV T-1 da ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot