“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida “Elektroenergetika sohasida mehnatni muhofaza qilishning boshqaruv tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har oyning ikkinchi seshanba kuni “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib borish, mehnat sharoitini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-yil iyul oyida o‘tkazilgan “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbiriga Filial tomonidan mas’ullar biriktirilib, “O‘zbekiston”, “O‘zgarish”, “Povulg‘on”, “Farg‘ona”, “2-A” va “Sokin” podstansiyalarida joyiga chiqqan holda nazorat va tushuntirish ishlari amalga oshirildi:
2025-yil davomida ushbu tadbirlar doirasida “Farg‘ona MET” filiali xizmat, guruh va podstansiyalarida xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaldagi qonun-qoida, yo‘riqnoma va standartlarga rioya etilishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ish olib borildi:
• O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ, “O‘zenergoinspeksiya”, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, FVV va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan taqdimnoma va dalolatnomalardagi kamchiliklarning bartaraf etilishini o‘rganish;
• Ishlab chiqarish hududlari va inshootlarining sanitariya, estetik holatini ko‘zdan kechirish;
• Ish joylarining mehnat muhofazasi talablariga mosligini tekshirish;
• Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va texnik tayyorligini nazorat qilish;
• Ishchilar va navbatchilarning bilim darajasini suhbat asosida sinash;
• Jarohatlanishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini baholash;
• Baxtsiz hodisalar tahlili orqali ularning takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish;
• Ish joylarining umumiy estetik holatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berish.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati