2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli “Navoiy nasosli" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 14.07.2025
  • 16

Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli «Navoiy nasosli» podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

❗️ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

❇️ 110 kV kuchlanishli o’chirgich hamda tok tranformatorlari elektr chilangarlar tomonidan belgilangan texnik-muhandislik meʼyorlariga  keltirildi. Releli himoya va elektr sinov xizmati xodimlari tomonidan o‘lchov ishlari amalga oshirildi;

❇️ O‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari sozligi tekshirildi.

Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/NavoiyMET_Axborot