2025-yil 14-iyul, soat 10:30 da Respublikamizdagi "Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi"ning 1-sonli bug‘-gaz qurilmasida avariyaviy holat yuzaga kelgan.
Mazkur holatda avariyaga qarshi himoya tizimi ishga tushgani sababli Xiva, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor, Xonqa, Gurlan tumanlari hamda Urganch va Xiva shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Maʼlumot uchun: "Taxiatosh IES" Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shaharchasida joylashgan bo‘lib, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining asosiy energiya manbalaridan biri hisoblanadi.
⚡️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Tiklash ishlari tez fursatda yakunlanishi uchun mutaxassislar tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Vaziyat yuzasidan yangiliklar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar taqdim etib boriladi.
✔️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berildi
Avariyaga qarshi himoya tizimi ishga tushgani sababli o’chgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari elektr energetika umumtarmog‘iga ulandi va taqsimlovchi tarmoqlarga kuchlanish berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI