2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli «4-sonli» podstansiyada joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 15.07.2025
  • 475

✅ Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Andijon MET” filiali tomonidan 110/6 kV kuchlanishli «№4» podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

❇️  Kuch transformatorlari va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

❇️  Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar va ajratgichlar soz holatga keltirildi;

❇️  Izolyatorlar tozalandi va zarur qismlar bo‘yaldi;

❇️  O‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari tekshirildi.

Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.

Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal  qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

t.me/AndijonMET_Axborot