2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
  • 15.07.2025
  • 27

Prezidentimiz tomonidan energetika sohasini modernizatsiya qilish, aholini barqaror va sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash mahalliy hokimliklar oldidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Shu asosda, mavsumiy muammolarning oldini olish, tarmoq va stansiyalarni ta’mirlash hamda ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, kecha. 2025-yil 14-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Navro‘z" mahallasida joylashgan TMZ-110 kV podstansiyasida 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari ijrosi bilan tanishgan. Mutasaddilar tomonidan elektr tarmoqlari va podstansiyalarni rekonstruksiya qilish, yangi liniyalar tortish hamda elektr energiyasining barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilgan.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi "Guliston" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Surxon sohil kommunal" boshqaruv-servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishgan. Shu yerning o‘zida Surxobdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari hamda boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida  uchrashuv o‘tkazilib, mavsumga tayyorgarlik holati muhokama qilindi va zarur chora-tadbirlar belgilab olingan.

Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida texnik jihozlar topshirilgan.

Manba: https://t.me/axborot_xizmati/47274

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati