ANDIJON VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli «Xoldovonbek» podstansiyada mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Andijon MET” filiali tomonidan 35/6 kV kuchlanishli «Xoldovonbek» podstansiyada T-2-4000 kVA kuch transformatorini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
Kuch transformatorlari va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
Yuklama ostida kuchlanishni rostlash (РПН) qurilmasini tekshirish va kontaktlarni mustahkamlash;
Transformator moyini laboratoriya sinovidan o‘tkazish, quritish va zarur bo‘lsa regeniratsiya qilish yoki almashtirish;
Yuqori kuchlanishli kiritgichlarni tekshirish, taʼmirlash va rezinalarni almashtirish;
Izolyatorlar tozalash va zarur qismlar bo‘yash.
Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.
Mukammal ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali t.me/AndijonMET_Axborot