2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI: "Qilichboy" podstansiyasida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 17.07.2025
  • 27

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI: "Qilichboy" podstansiyasida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/10 kVli "Qilichboy" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borildi.

Ta’mirlash-sozlash ishlar davomida:

Kuch transformatorlari texnik tekshiruvdan o‘tkazildi.

Kuch transformatorlarining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi.

Ushbu profilaktik ishlar hududdagi iste’molchilarning barqaror va ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’lish uchun t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot