2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: Zafarabod tumani hududidagi 220/35/6 kV kuchlanishli podstansiyalar elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 18.07.2025
  • 14

Iste’molchi hamda yirik sanoat korxonalari va tashkilotlari elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 220/35/6 kV kuchlanishli «A» podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

⚡️T-2 transformatori hamda 220, 35 va 6 kV kuchlanishli o’chirgichlar ish faoliyati elektr chilangarlar tomonidan texnik muhandislik me’yorlariga keltirildi. Releli himoya va elektr sinov xizmati xodimlari tomonidan sinov va o’lchov ishlari amalga oshirildi.

► O‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari sozligi tekshirildi.

► Joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali

 t.me/Navoiy MET_Axborot