2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlarida obodonlashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallik bilan davom etmoqda!
  • 21.07.2025
  • 18

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz energetika tizimining barqaror ishlashi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. Shu jumladan, «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida ham iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishi uchun kundalik texnik xizmat ko‘rsatish, profilaktika va obodonlashtirish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. 

Misol uchun, Filial mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli ajratkichlar hamda akkumulyator batareyalariga qaratilgan texnik-muhandislik xizmatlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ 110 kV ajratkichlar tayanch ustunlarida quyidagi ishlar bajarildi:

♦ Obodonlashtirish jarayonlari doirasida yuqori kuchlanishli ajratkichlarning tayanch ustunlarini bo‘yoqlash (oqlash) ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar bir nechta muhim maqsadlarga xizmat qiladi;

♦ Korroziyaga qarshi himoya – temir-beton konstruksiyalar ochiq havoda turgani sababli namlik, chang va boshqa tabiat ta’sirlariga duch keladi. Bo‘yoqlash orqali ustunlar uzoq muddat xizmat qiladi;

♦ Texnik xizmat ko‘rsatishda aniqlik va qulaylik – Yaxshi holatdagi tayanch ustunlari diagnostika va texnik ko‘rik jarayonida soddaroq ko‘zdan kechiriladi;

♦ Estetik ko‘rinish – Energetika inshootlari faqat funksional emas, balki tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berilishi zarur. Oqlangan ustunlar hududga tartib va tozalik bag‘ishlaydi;

♦ Ishchilar xavfsizligini oshirish – Yaxshi saqlangan va aniq belgilanib bo‘yalgan konstruksiyalar ishchi-xodimlarga xavfsiz muhit yaratadi.

Mutaxassislarimiz barcha ishlarni texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, maxsus kiyim-bosh, asbob-uskuna va himoya vositalari bilan bajarmoqda.

Akkumulyator batareyalarining joriy texnik ko‘rigi:

Elektr uzatish tizimida akkumulyator batareyalarining ahamiyati beqiyosdir. Ular favqulodda holatlarda avtomatik boshqaruv tizimlarini, releli himoya qurilmalarini, signalizatsiyalarni uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlaydi.

Shu sababli, ularni muntazam ravishda joriy texnik ko‘rikdan o‘tkazish — elektr tarmog‘ining ishonchliligini ta’minlashda muhim omildir.

Ko‘rik davomida bajariladigan asosiy ishlar:

♦ Har bir batareyaning kuchlanishini o‘lchash;

♦ Elektrolit darajasi va zichligini nazorat qilish;

♦ Kontaktlarning qattiqligi va oksidlanmaganligiga e’tibor qaratish;

♦ Zarur bo‘lsa, batareyalarni zaryadlash va balanslash.

⚙️ Ko‘rik natijalari texnik jurnallarga yozib boriladi, aniqlangan kamchiliklar esa belgilangan muddatlarda bartaraf etiladi. Ushbu nazorat ishlari batareyalarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.

Yuqoridagi suratlarda siz mutaxassislarimiz tomonidan bajarilgan ishlarning amaliy jarayonlarini ko‘rishingiz mumkin!

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot