⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI:
▶️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati sho‘ba boshlig‘i.
❗️TALABLAR: Oliy texnik ma’lumotli, energetika tizimida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, shu bilan birga, egallagan lavozimi darajasida "Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (TEQ); “Elektr ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (XTQ); "Yong'in xavfsizligi qoidalari” (YXQ) qoidalarini mukammal bilishi lozim.
▶️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati Yong'in xavfsizligi bo‘icha 2-toifali muhandis.
❗️TALABLAR: Oliy, bakalavr diplomi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) mutaxassisligi bo‘yicha texnik ma’lumotiga ega va korxonalarda kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek,
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (TEQ) ni;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan “Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” (YXQ) ni;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (XTQ) ni bilishi lozim;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikasi ob’ektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari” ni bilishi lozim;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizom”ni;
▪️Energetika obyektlarida payvandlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan boshqa ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligi choralari bo‘yicha ko‘rsatmalarni;
▪️Energetika korxonalari va tashkilotlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalarni;
▪️Yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha buyruq va ko‘rsatmalarning bajarilishi ustidan tizimli monitoring o‘tkazish, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ va Yong‘in xavfsizligi xizmati davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish hisobotlari asosidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
▪️Microsoft Office dasturi (Word, Excel, va h.k) zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
▪️O‘zbek, rus tillarini mukammal bilishi lozim.
⇒ QO‘SHIMCHA TALABLAR: “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.
Murojaat uchun: 71-236-62-27
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati