♦ Elektr tarmog‘i oddiy tizim emas — unda kuchlanish, tok, yuklama doimiy o‘zgarib turadi. Har qanday nosozlik — qisqa tutashuv, ortiqcha yuklama yoki fazalararo uzilish butun tizimga zarar yetkazishi mumkin.
Shu sababli elektr tarmoqlarida "releli himoya vositalari" qo‘llaniladi.
⚙️ Releli himoya vositalari — bu elektr tarmog‘ini kuzatib boruvchi va favqulodda holat yuz bersa, nosozlik joyini aniqlab, avtomatik tarzda tarmoqni o‘chirib qo‘yuvchi qurilmalardir.
❗️ Ular:
▪️ Avariyalarni 1 soniyadan kam vaqt ichida aniqlaydi;
▪️ Uskunalarni kuyib qolishdan himoya qiladi;
▪️ Uirik avariyalarni kichik nosozlik holatidayoq to‘xtatib qoladi;
▪️ Elektr ta’minotining ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI