2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda
  • 22.07.2025
  • 19

Iste’molchilarga barqaror va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarida reja-jadval asosida profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 220/110/10 kVli “Xorazm” podstansiyasining 220 kVli tezkor boshqaruv punktida joylashgan 220 kVli L-1-X-2 elektr uzatish havo tarmog‘ining rele himoya vositalarida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Hozirda filialning barcha podstansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorlov ishlari izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Shuningdek, podstansiyaga kiruvchi va chiquvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlari bajarildi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

t.me/XorazmMET_Axborot