2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr tarmoqlariga ulanish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJga murojaat qilishimizni maʼlum qilingan...»
  • 22.07.2025
  • 48

Murojaat egasi: Sherzod Eshov, «MEGA STEEL TRADE PRO» MCHJ QK vakili.

Elektron pochta: megasteeltradepro@mail.ru

Murojaat mazmuni:

 Ohangaron shahar Sanoat hududida joylashgan «MEGA STEEL TRADE PRO» MCHJ QK korxonasi 20 000 kVt quvvat bilan taʼminlash uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filialiga murojaat qilgan va hududiy filial tomonidan texnik shart olish hamda elektr tarmoqlariga ulanish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJga murojaat qilishimizni maʼlum qilingan.

«MEGA STEEL TRADE PRO» MCHJ QK korxonasi Sizdan elektr tarmoqlariga 20 000 kVt quvvatga ulanish uchun texnik shart berishingizni so‘raymiz.

Murojaatga javob: Toshkent viloyati Ohangaron shahri hududida joylashgan «MEGA STEEL TRADE PRO» MCHJ QK ga tegishli obyektni ishonchliligi bo‘yicha elektr taʼminoti toifasi – II toifa, 20 MV quvvatni ulash yuzasidan «Uzatish tizimiga» ulanish talabnomasini ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyunda 338-son qarori bilan tasdiqlangan «Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari»ning III bo‘limi talablariga muvofiq ixtisoslashgan loyiha tashkiloti tomonidan ulanish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilishi belgilab o‘tilgan.

Batafsil javob qo‘yidagi rasmiy xat tarkibida:

…foydalanuvchi o‘z hisobidan transformator yoki elektr uzatish tarmoqlarini o‘zgartirish taklifini berishi mumkinligi belgilanganligi eslatib o‘tiladi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari ва podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i ва podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi davlatlararo tranziti masalalari bilan shug‘ullanadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 «Murojaatlar» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati