#Ogohlantirish
⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi
✨Toshkent tumani hokimligining rasmiy telegram kanalida xabar berilishicha, Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilarga quyidagularni maʼlum qilgan:
Toshkent shahar "Sag'bon" podstansiyasida avariya holati yuzaga kelgani sababli, ushbu podstansiyadan taʼminlangan KL-35 kV L-Bog‘zor-1-2 yerosti kabel tarmog‘i ochgan.
Ushbu tarmoqlarni o‘chganining hisobiga tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod, Sohibkor, Chig'atoy, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 22-iyul avariya bartaraf etilmagungacha elektr ta`minoti bo‘lmaydi.
Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar "Sag'bon" podstansiyasidan chiquvchi KL-35 kV L-Bog‘zor-1 va L-Bog‘zor-2 kabel tarmog‘idan taminlangan isteʼmolchilar elektr ta'minoti tiklangan.