Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansidagi magistral elektr tarmoqlari uchunchisiz qurilma (dron) yordamidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
Yurtimizda yuqori haroratli ob-havo ssharoiti hukmron bo‘lgan shu kunlarda, aniqrog‘i isteʼmolchilar sovitish tizimidan keng ko‘lamda foydalanilayotgan yoz mavsumda o‘ta yuklama bilan ishlayotgan tarmoqlarda avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklarini tezkor va samarali tashkil qilish muhim vazifa hisoblanadi.
Misol uchun, mutaxassoslar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 7 ta 220 kv kuchlanishli podstansiyalarni taʼminlovchi magistral elektr tarmoqlari dron-teplovizor ko‘rigidan otkazib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati