2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI — Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
  • 23.07.2025
  • 56

Ayni paytda Toshkent shahridagi "Hilton Tashkent City"  mehmonxonasida “Elektr energetika rivojida Xalqaro moliya Institutsiyalari va mahalliy korxonalar hamkorligi” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kabi xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

⚡️ Xalqaro tadbirni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D. A. Isaqulov ochib berdi va o‘zining kirish so‘zida mamlakatimizda energetika sohasini rivojlantirish, xususan elektr energetika tarmog‘i faoliyatini takomillashtirishga katta eʼtibor berilayotganini alohida eʼtirof etib, yirik investitsion loyihalar amalga oshirilayotgani haqida qisqacha axborot berib o‘tdi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati