Avval xabar berganimizdek, ayni paytda “Elektr energetika rivojida Xalqaro moliya Institutsiyalari va mahalliy korxonalar hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — elektr energetika sohasida xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarga mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudrat tashkilotlarni jalb etish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, natijaga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlari – “RBL” va “PforR” kabi instrumentlar bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, energetika infratuzilmasini rivojlantirishdagi istiqbollar bo‘yicha fikr almashishdir.
Tadbirda, shuningdek, xalqaro va mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, qurilish-montaj korxonalari va elektr energetika tarmog‘ida turli xizmatlarni amalga oshiruvchi tashkilot vakillarining taqdimotlari namoyish qilindi.
Shu bilan birga, tadbirda OAV vakillariga intervyular berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati