⚡️ Maʼlumki, yoz faslining issiq ob-havoli kunlarida, isteʼmol hajmi keskin oshgani uchun, Toshkent shahri ayrim hududlaridagi isteʼmolchilarining elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Yuzaga kelayotgan texnik-muhandislik nosozliklari va favqulodda avariyalar haqida tizim tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari isteʼmolchilarni ogohlantirmoqda, nosozliklar tezda bartaraf etilib, bu haqdagi maʼlumotlar OAV hamda jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilmoqda.
Shu o‘rinda elektr energetika tarmoq korxonalari duch kelayotgan yana bir jihat borki, bu yuqori va past kuchlanishli tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan ortiqroq yuklamaga duch kelishi va tizimda reaktiv quvvatni meʼyorda ushlash bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur masalalar elektr energetika umumtizimini rivojlantirish, yangi tarmoq va podstansiyalar qurish bilan bevosita bog‘liq masala bo‘lib qolmoqda.
☄️ Misol uchun, 220 kV kuchlanishli “Keles”, “Ozodlik”, “Qo‘yliq” (Toshkent shahri) va “Feruz” (Sirdaryo viloyati) podstansiyalariga kiruvchi magistral tarmoqlar yuklamasi — isteʼmolning yuqori chegaraviy qiymatidan ortishiga reaktiv quvvat isteʼmolining yuqori surʼatlarda o‘sib borishi sabab bo‘lmoqda.
Ushbu holat tizim dispetcherlari tomonidan rostlanib, meʼyoriy ko‘rsatkichlar kelguniga qadar, aniqrog‘i tarmoqda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarning oldini olishi uchun lozim amaliyotlarni bajarish zaruriyati tufayli ayrim hududlardagi (isteʼmol keskin oshgan paytda) isteʼmolchilar elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
❗️Hurmatli isteʼmolchilar, tizim tashkilotlari tomonidan elektr taʼminoti barqarorligi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. Xususan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berish bo‘yicha 24/7 rejimida ish tashkil qilingan.
Xulosa qilib aytganda, ayni shu kunlarda kuzatilayotgan favquloddagi o‘chishlar elektr energiyasi yuqori istʼmoli bilan ifodalanib, uning barqarorligi energiya resurslaridan oqilona foydalanish bilan uzviy bog‘liq.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati