Dasturning asosiy maqsadi xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish, jamoa o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash va mahalliy turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iborat.
Sayohat davomida tabiat qo‘ynidagi sayrlar, sport musobaqalari va madaniy dam olish tadbirlari tashkil etildi. Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larining sof havosi, ko‘kalamzor mevali bog‘lari va shifobaxsh sharsharalari xodimlarni chinakam taskin va ruhiy orom bilan ta’minladi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” tashabbusi xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish bilan birga, yurtimizning betakror tabiati, tarixiy va sayyohlik salohiyatini yanada keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
“Toshkent shahar MET” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati