⚡️ 220 kV kuchlanishli L-S-X-2 elektr uzatish havo tarmog‘i bo‘ylab joylashgan tayanch ustunlarining ostki qismlarini qumdan tozalash ishlari olib borildi. Qum bosib qolgan tayanch ustunlaqrining ostki qismi mutaxassislar tomonidan tozalanib, liniya barqarorligi va xavfsizligi yanada mustahkamlandi.
Shu bilan birga, liniyalarning qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi. Shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar ham bajarildi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI