2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Elektr qurilmalarida teplovizor tekshiruvidan o‘tkazildi
  • 24.07.2025
  • 26

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi elektr qurilmalarining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida nazorat ko‘riklari o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, Kosonsoy tumanida joylashgan elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalar elektr uskunalaridagi qizish holatlarini aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Shu bilan birga, liniyalarning qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi. 

Shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar ham bajarildi.

❗️Ma’lumot o‘rnida: energetika obyektlaridagi qurilmalar qizishlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmasligi uskunalarni shikastlanishiga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot