2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda
  • 24.07.2025
  • 15

Iste’molchilarga barqaror va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarida reja-jadval asosida profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Haqiqat” podstansiyasining elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

⇒ Ta’mirlash jarayonida:

▪️ Qurilmalarining mexanik va elektron qismlari ko‘zdan kechirildi;

▪️ Izolyatsiya holati va kontakt ulanishlari tekshirildi;

▪️ Zarur sozlash va mustahkamlash ishlari bajarildi.

Hozirda filialning barcha podstansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorlov ishlari izchil davom ettirilmoqda. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot