“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali faoliyatida yana bir amaliy va muhim yangilik!
❗️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari tomonidan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida qushlar qo‘nishiga qarshi moslamaning (to‘siq) yangicha ishlanmasi yaratildi.
⁉️ Xo‘sh, muammo nimada edi?
Ko‘p yillik kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayniqsa laylaklar yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari ustunlariga in qurib olishga moyil bo‘lishadi. Ular tomonidan qurilgan yirik va og‘ir inlar natijasida:
✅liniyalar o‘rtasida qisqa tutashuvlar,
✅izolyatsiyaning yonishi,
✅simlarning uzilishi,va avariyaviy o‘chishlar
kabi salbiy holatlar tez-tez yuzaga kelmoqda.
Laylaklar sababli avariyalar soni ortib borayotgani elektr ta’minoti tizimining uzluksiz ishlashini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Echim — qushlar qo‘nishiga qarshi moslamaning (to‘siq) yangicha ishlanmasi
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari tomonidan yaratilgan ushbu moslama laylaklar va boshqa yirik qushlarning elektr ustunlariga qo‘nishini hamda in qurishini samarali ravishda cheklaydi. Bu orqali texnik nosozliklar va xavflar bartaraf etiladi. Ekologik, tabiatni asrash jihatidan muhim.
Moslamaning ishlash prinsipi – sodda, samarali va ekologik xavfsiz! U shamol ta’sirida harakatga keladigan, shamol tegirmoni printsipida ishlovchi oddiy aylanuvchi mexanik qurilma hisoblanadi. U elektr uzatish ustunining yuqori qismiga o‘rnatiladi va doimiy aylanish orqali qushlar uchun noqulay muhit yaratadi.
Bu turdagi moslama elektr tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash bilan birga, qushlarga zarar yetkazmagan holda ularni tabiiy tarzda uzoqlashtiradi — ekologik muhofaza va texnik samaradorlikning ideal uyg‘unligi.
⚙️ Moslama amaliyotda sinovdan o‘tkazilib, yuqori samaradorlikni namoyon etmoqda. Uni qo‘llash orqali avariyalar soni keskin kamaygani qayd etilmoqda.
♦ Bu tashabbus “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlarining texnik bilim, tajriba va ekologik mas’uliyatining yorqin namunasidir.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling https://t.me/FargonaMET_Axborot