2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: "Gurlan" podstansiyasidagi ishlar davom ettirilmoqda
  • 27.07.2025
  • 31

Avval xabar berganimizdek, 110/10 kV kuchlanishli "Gurlan" podstansiyasida quvvati 25 MVA bo‘lgan yangi transformatorni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Hozirda eski transformatorni demontaj qilish, yangi uskunani joylashtirish va ulash ishlari davom etmoqda. Jarayon qat'iy texnik me'yorlar va xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda olib borilmoqda.

E’tiboringizga havola etlgan suratlarda ish jarayonidan olingan fotolavhalar taqdim etilgan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, modernizatsiya jarayonida xavfsiz ish sharoitini yaratish maqsadida ushbu podstansiyadan ta’minlangan liniyalar vaqtincha tarmoqdan ajratilib, ishte’molchilarga boshqa podstansiyadan chiquvchi liniyalar orqali (halqalash usulida) kuchlanish berilgan. 

Yangi transformator ishga tushirilgach, Gurlan tumanining elektr ta’minoti yanada ishonchli va barqaror bo‘ladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot