2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BOSH PROKURATURA: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
  • 26.07.2025
  • 10

Xususan, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro X.N. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun 2 dona mayning qurilmalarini noqonuniy ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 653 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 
 
❗️Hurmatli fuqarolar!

Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning. 

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

Manba 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati