“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Go‘zal» podstansiyasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va ularning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
♦ Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 27-maydagi 2-son buyrug‘i hamda Sirdaryo viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 30-maydagi 3-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Shu bilan birga, mashg‘ulot «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmalari va topshiriqlaridan kelib chiqib amalga oshirildi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi – “Go‘zal” podstansiyasi va filial tarkibidagi kuch hamda vositalarning favqulodda vaziyatlarga, xususan energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy o‘chish va boshqa nosozliklarga tezkor, aniq va ishonchli tarzda javob berish qobiliyatini sinovdan o‘tkazish, aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlarni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
♦ Mashg‘ulot davomida shaxsiy tarkib va texnik vositalar jalb etilib, qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarga tayyorlik, avariya holatlarini bartaraf etish hamda energiya ta’minotini tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi. Bu orqali Sirdaryo viloyati energetika tizimini 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga lozim darajada tayyorlash bo‘yicha muhim bosqichlardan biri amalga oshirildi.
♦ Tashkiliy, texnikaviy, nazariy va amaliy tayyorgarliklar yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajardilar. Tadbir yakunida o‘quv mashg‘ulotining barcha bosqichlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
♦ Mazkur tadbir viloyat miqyosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va strategik muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilishda tizimli yondashuv va hamkorlikning muhim namunasiga aylandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot