2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Andijon MET” filiali tomonidan 110/6 kV kuchlanishli «Baxt» podstansiyada joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
▶️ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:
❇️ Moyli o‘chirgichlari va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
❇️ Releli himoya va avtomatika qurilmalari ishonchliligi tekshirildi;
❇️ Moyli o‘chirgichlar laboratoriya sinovidan o‘tkazilib, kontakt qarshiligi yuqorili sababli podstansiyalar xodimlari tomonidan ta’mirlash va sozlash ishlari olib borildi;
❇️ Izolyatorlarni tozalash va zarur qismlariga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali