O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025-yil 21-iyuldagi 07-15-18-sonli topshirig‘iga asosan, joriy yilning III choragida vazirlik va idoralarda ijro intizomini yana-da mustahkamlash, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxasislarning malakasini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qishlar tashkil etish belgilangan.
Bugun, 2025-yil 29-iyul sanasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari F.M.Qurbonov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazorati, ularning ijrosi belgilangan muddatlar bajarilishiga bag‘ishlangan ishchi tartibdagi yig‘ilish — Iqtisodiy o‘qish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Feruz Mustafoyevichning taʼkidlashicha, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro holati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari huzuridagi har kungi yig‘ilishlarda muhokama qilib, o‘ziga xos monitoring va tahlillar olib boriladi. “edo.ijro.uz” tizimida Aksiyadorlik jamiyatiga taalluqli har bir topshiriq ijro uchun qabul qilinib, uning yechimi atroflicha tahlil qilinayotgani alohida e’tirof etildi.
So‘ngra Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Saidovaning ijro intizomi bo‘yicha 2025-yilda 2-chorakda amalga oshirilgan ishlari sarhisobi va 3-chorakdagi vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi Uning taʼkidlashicha, 2025-yil yakuniga qadar topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Topshiriqlarni oldindan, samarali va to‘liq bajarilishini taʼminlash maqsadida rahbariyat tomonidan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
✍️ Nazoratdagi topshiriqlar bo‘yicha har oyda kunlik kalendar grafik hamda har bir boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar kesimida “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, ijroga qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini 2025-yil I yarimyilligida amalga oshirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar hamda 2025-yilning II yarimyilligida ijro intizomini yana-da mustahkamlash bo‘yicha takliflar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025-yil 21-iyuldagi 07-15-18-sonli topshirig‘iga asosan, joriy yilning III choragida vazirlik va idoralarda ijro intizomini yana-da mustahkamlash, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxasislarning malakasini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qishlar tashkil etish belgilangan.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini “ijro.gov.uz” elektron tizimida samarali tashkil etish, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorida belgilangan talablarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Jamiyatda 2025-yilning I yarimyilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Topshiriqlarning ijro holati “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari huzuridagi har kungi yig‘ilishlarda muhokama qilib borilmoqda.
“ijro.gov.uz” elektron tizimida 2025-yilning yanvar-iyun holatiga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ masʼul bo‘lgan jami O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 72 ta, Vazirlar Mahkamasining 18 ta topshirig‘i ijrosi to‘liq taʼminlanib tizimda nazoratdan yechildi.
2025-yil iyul oyida jami 8 ta asosiy ijrochi sifatida belgilangan topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlanib tizimda nazoratdan yechildi.
Avgust oyida jami 14 ta, shundan asosiy ijrochi sifatida 9 ta topshiriq mavjud, 1 ta topshiriq bajarildi, 8 ta topshiriqning ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bo‘yicha avgust oyida 6 ta topshiriq mavjud bo‘lib ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Avgust oyiga belgilangan nazoratdagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, 23-iyul kuni topshiriqlar bo‘yicha kunbay kalendar grafik hamda boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar kesimida yo‘l xaritalari tasdiqlanib “ijro.gov.uz” tizimi orqali ijrochilarga yetkazildi.
Joriy-yilning II yarimyilligida muddati belgilangan topshiriqlarni har tomonlama tahlil qilish, bunda ijrosini taʼminlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, muammoli masalalarni aniqlash, topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarilishiga alohida eʼtibor qaratish, oldindan chora-tadbirlar belgilab olinishi lozim.
Topshiriqlarni belgilangan muddatlarida bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda (bajarish muddatidan kamida ikki oy oldin) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorida belgilangan talablar asosida Adliya vazirligiga asoslovchi takliflar kiritilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Hisob palatasi xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ruxsati bilan uzaytiriladi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risidagi maʼlumotlar “ijro.gov.uz” tizimi orqali to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etib borish, tasdiqlangan kalendar grafiklar asosida belgilangan muddatidan kamida 5 kun oldin taʼminlanishi, nazoratini kunlik samarali tashkil etish, har bir topshiriqqa masʼuliyat bilan yondashish lozim.
Ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati bir-yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar har olti oyda masʼul ijrochilar tomonidan “ijro.gov.uz” tizimiga kiritib boriladi.
Kamchilik va muammolar:
• Ijroga barvaqt kirishmaslik;
• Tasdiqlangan nazorat rejalari, yo‘l xaritalaridagi muddatlar bilan tizimli ravishda ishlarni tashkil qilmaslik;
• Faqatgina ijro muddati yaqin bo‘lgan topshiriqlar bilan ishlash;
• Muddatini uzaytirish va alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha takliflarni sifatsiz hamda kechiktirib taqdim etish.
2025-yilning II yarimyilligida “ijro.gov.uz” tizimida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha takliflar:
• Topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelayotgan har qanday muammoli masalalar rahbariyat bilan muhokama qilinib, bevosita xamkorlik va jonli muloqot asosida hal etish;
• Bajarilmaslik havfi mavjud bo‘lgan topshiriqlarga alohida eʼtibor qaratish va ular ijrosini barvaqt tashkil etish choralarini ko‘rish;
• Topshiriq kelib tushgan zaxoti topshiriqqa masʼul ijrochini belgilash va o‘z muddatida bajarish ko‘rsatmasini berish.
“O‘zbekiston MET” AJda boshqarma, bo‘lim va xizmat boshliqlariga, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati