Joriy yilning 29-iyul kuni soat 6:29da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Eshonguzar" podstansiyasidagi T-1 transformatori gazli himoyadan o‘chdi.
Natijada Zangiota tumanining markaziy qismidagi ayrim isteʼmolchilar elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi.
Ayni paytda o‘chish sabablari aniqlanib, oqibati bartaraf etilmoqda. Qisqa fursat ichida nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar tarmog‘iga kuchlanish beriladi.
⚡️ Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati