"Xorazm MET" filialiga qarashli 110/10 kV kuchlanishli "Gurlan" podstansiyasida mavjud transformator yuklamasining ortib ketgani sababli uni quvvati yuqori bo‘lgan yangi transformatorga almashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hozirda 25 MVA quvvatga ega transformator muvaffaqiyatli o‘rnatilib, ishga tushirildi. Jarayon davomida barcha texnik me'yorlar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi.
Yangi uskunaning ishga tushirilishi Gurlan tumanidagi elektr taʼminotining barqarorligini ta’minlaydi, tarmoqdagi yuklamani kamaytiradi hamda isteʼmolchilarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash imkonini oshiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI