2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220 kV kuchlanishli "O‘zgarish" podstansiyasi sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berildi
  • 30.07.2025
  • 36

Bugun, 2025-yil 30-iyul kuni soat 12:57 da Farg‘ona viloyatida joylashgan 220 kV kuchlanishli "O‘zgarish" podstansiyasida profilaktik ishlar olib borilayotgan paytda nosozlik yuz berib, transformatorlarning himoya tizimi ishlash oqibatida o‘chdi. 

Sodir bo‘lgan nosozlik tufayli *O‘zbekiston, Dang‘ara, Buvayda, Bog‘dod, Uchko‘prik tumanlari, Qo‘qon shahri isteʼmolchilari to‘liq hamda Beshariq, Furqat, Rishton, So‘x  va Oltiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman elektr ta’minotida uzilishlar (12 daqiqa)  kuzatildi.

❗️ Ayni paytda o‘chish sabablari aniqlanib, oqibati bartaraf etildi va soat 13:09 da o‘chgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berildi. 

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

*Tezkor ma’lumot yangilandi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati