Buyurtmachi: “O‘zbekiston MET” AJ “Jizzax MET” filiali
Eʼlon turi: Pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov
Shartnoma predmeti: Quyidagi texnik topshiriq asosida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish:
Energota‘mir MTICH” AJ tomonidan mukammal taʼmirdan chiqarilgan umumiy og‘irligi 77,8 tn. TDTN-40000/110 kuch transformatorini 200 km masofada joylashgan 110/35/10 kV “Dashtobod” podstansiyasiga yetkazib berish.
Buyurtma sababi: Jizzax viloyati Zomin tumani hududidagi o‘ta muhim isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida, ayni paytda “Dashtobod” podstansiyasidagi TDTN-25000 kVA (T-2) o‘ta yuklama bilan ishlamoqda.
Shu boisdan, avariyaviy holatning oldini olish va uzluksiz energiya taʼminotini tiklash uchun zahira transformatorni tezkor tarzda yetkazib berish zarur.
Texnik talablar:
Maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositasi bo‘lishi;
Yuklash va tushirish jarayonida maxsus texnika (avtokran, domkrat) bo‘lishi zarur.
Yuk harakati uchun tegishli ruxsatnomalar va marshrutlar bo‘yicha moslashtirilgan reja.
Talablar:
• Tashkilot O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
• Texnik imkoniyatlar va malakali mutaxassislar mavjudligi;
• Shunga o‘xshash yirik yuk tashish tajribasi (ohirgi 3 yilda);
• Litsenziya va texnik vositalar ro‘yxati ilova qilinishi lozim;
• Topshirish muddati: Transformator 3 ish kunida manzilga yetkazilishi lozim.
Maʼlumot uchun:
Tel.: (72) 224-56-43.
Faks.(72)224-56-44
e-mail: jizzax@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati